Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning BMTdagi elchisi Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi shartlarini ma'lum qildi
AQShning BMTdagi yangi doimiy vakili Nikki Xeyli o‘zining ilk chiqishida rasmiy Moskva Rossiya tarkibiga qaytgan Qrim nazoratini Ukrainaga qaytarmas ekan, Rossiyaga qarshi sanksiyalar o‘z kuchida qolishi kerakligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.
«Qrim – Ukrainaning bir qismi. Bizning Qrimga nisbatan kiritgan sanksiyalarimiz, Rossiya yarimorol nazoratini Ukrainaga qaytarib bermas ekan, o‘z kuchida qoladi», — degan Xeyli. Shu bilan birga, Amerika doimiy vakili Moskvani Ukrainadagi mojaroni kuchaytirishda aybladi.
«Bunday bo‘lmasligi kerak edi. Bunday bo‘lmasligi kerak. Biz haqiqatan ham Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni xohlaymiz. Biroq Ukraina sharqidagi vaziyat Rossiya harakatlarini qoralashimizga sabab bo‘lmoqda», — deya Xeyli so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Avvalroq, AQSh moliya vazirligi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga nisbatan sanksiyalar yumshatilganini ma'lum qilgan edi. Unga binoan, Rossiya boshqarmasi bilan Amerika kompyuter texnikasini yetkazib berish bo‘yicha kelishib olishga izn berilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025