Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denuncia leaks: Tramp Coca-Cola kompaniyasining Meksikadagi faoliyatini taqiqlashni rejalashtirmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp Coca-Cola kompaniyasidan Meksika va Lotin Amerikasida o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishga barham berish yoki qisqartirishni talab qilish niyatida. Bu haqda Denuncia leaks portali xabar qilmoqda.
Davlat rahbarining bu rejalari Coca-Cola kompaniyasi Oq uyning yangi immigratsiya siyosatiga qarshi noroziliklarga qo‘shilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Kompaniya internetda #OrgullosoDeSer (#bo‘lishdan faxrlanaman) nomli aksiyani yo‘lga qo‘ydi. Bundan ko‘zlangan maqsad, AQShda yashaydigan lotin amerikaliklar o‘zlarining milliy mansubliklaridan faxrlanishlarini isbotlashdir.
Bundan avvalroq, meksikalik faollar Amerika, shu jumladaan Coca-cola mahsulotlarini boykot qilishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
15:00 / 07.05.2025
“Bu Coca-Cola'ni kimga ulashmoqchisiz?” degan afsonaviy kampaniya dunyo bo‘ylab o‘zining zafarli yurishini davom ettirib, O‘zbekistonga yetib keldi!
17:44 / 07.03.2025
Tramp fuqarolari AQShga kirishi taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirmoqchi – OAV
18:07 / 12.02.2025
Rossiya Afg‘onistondan Coca-Cola olib kelishni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 28.01.2025