Qozog‘iston Milliy banki raisi va bosh prokurori prezident va xalqqa qasamyod keltirdi
Davlat siyosiy xizmatchilari Qozog‘iston prezidenti hamda halq oldida qasamyod keltirdi, deb Oq o‘rda matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Tengrinews.kz nashri.
Qozog‘iston Milliy banki raisi Doniyor Akishev, Oliy sud raisi Anatoliy Smolin, bosh prokuror Jakip Asanov, “Sirbor” tashqi razvedka xizmati direktori Gabit Boyjonov va prezident ma'muriyatidagi boshqa bir qator mas'ul lavozimdagi xodimlar, viloyat hokimlari xalq va prezident oldida tantanali qasamyod keltirdilar.
Nursulton Nazarboyev marosimdagi nutqida davlat xizmatchilariga qo‘yiladigan talablar tobora ortib borishini ta'kidlab o‘tdi.
"Ko‘p hollarda byudjyet mablag‘laridan nosamarali foydalanish holatlari uchramoqda. Davlat xizmatchilari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatolar nafaqat davlat xizmati, balki umuman davlat boshqaruvi tizimi nufuziga salbiy ta'sir ko‘rsatadi", deb aytgan Qozog‘iston prezidenti.
Nazarboyev o‘z nutqi so‘nggida mamlakatning boshqaruv korpusi oldida turgan vazifalarning ko‘lami va muhimligiga ishora qildi. Bu esa davlat xizmatchilaridan yuqori darajadagi javobgarlikni talab qiladi.
“Aminmanki, siz xalq manfaatlariga bekamu-ko‘st xizmat qilib, o‘z majburiyatlaringizni sharaf bilan bajarasiz. Biz mamlakatimizning yorqin kelajagi va mustaqillikning mustahkamlanishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni bajarishimiz lozim”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Nazarboyev.
Mavzuga oid
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
15:25 / 14.11.2024