Jahon | 15:57 / 03.02.2017
11325
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyoga elektr energiya savdosi yo‘lga qo‘yiladi

"CASA-1000 Tojikiston va Pokiston bo‘yicha takroriy tender e'lon qiladi" maqolasida («Avesta.tj», 31.01.17) ta'kidlanishicha, CASA-1000 loyihasi muhandislik xizmatlarini taqdim etish uchun pudratchi tanlashga yo‘naltirilgan takroriy tender e'lon qiladi. Bu xizmatlar Pokiston va Tojikistonda ikki terminal stansiyalarini loyihalash, ta'minlash va o‘rnatishga qaratilgan. 

CASA-1000 loyihasi energiya ko‘p bo‘lgan Markaziy Osiyodan mazkur resurs tanqisligi kuzatilgan Janubiy Osiyo mamlakatlariga elektr energiyasi savdosini yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan. Shu maqsadda tijorat va institutsion mexanizmlar, shuningdek elektr energiyasini uzatuvchi infratuzilma yaratish rejalashtirilgan. 

Loyiha ishtirokchilari bo‘lgan mamlakatlar, bir tomondan, aholi soni, iqtisodiy hajmi va taraqqiyot yo‘li, ayniqsa, energetika sektori bilan bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi.

Mazkur loyiha doirasida elektr energiyasi bilan savdo qilish uchun transchegaraviy obekt quriladi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid