Sport | 00:09 / 03.02.2017
6560
1 daqiqa o‘qiladi

«Navbahor» hozirgacha 11 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Namanganning «Navbahor» jamoasi bugun besh nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Oybek Qilichev, Mansur Saidov va Asilbek Omonovlar jamoaga yangi futbolchi sifatida kelib qo‘shilgan. Ular bilan qancha muddatga shartnoma imzolangani borasida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Shuningdek, o‘tgan mavsumda «Navbahor» sharafini himoya qilgan himoyachi Tohir Shamsitdinov va yarimhimoyachi A'zam Aliyev bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar jamoa Jahongir Mehmonov, G‘iyos Komilov, Mirzohid G‘ofurov, Ro‘zimboy Ahmedov, Nemanya Yovanovich va Alisher Samatov bilan shartnoma imzolagandi. Bundan tashqari jamoa sardori Dilshod Jabborov va yarimhimoyachi Azizbek Turg‘unboyev bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirilgandi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid