OAV: «Gazprom» O‘zbekistondan gaz xarid qilish bo‘yicha shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda
Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi O‘zbekistondan gaz xarid qilish shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Layf» nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, shartnoma O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi davomida imzolanishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga 2017 yilning mart-aprel oylarida tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi turizm, sog‘liqni saqlash, ta'lim, tibbiyot, kimyo, harbiy-texnik hamkorlik, muhojirlik siyosati, shuningdek, energetika sohalaridagi bir qator kelishuvlarni imzolashadi, deb xabar berdi «Layf».
Muzokaralarda aynan energetik kelishuvlar, xususan, O‘zbekiston bilan gaz xaridi to‘g‘risidagi shartnomani cho‘zdirish masalasi markaziy mavzulardan biriga aylanadi, deb yozgan nashr.
«Gazprom» kompaniyasidagi manbaning «Layf»ga xabar berishicha, gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma kamida 2022 yilga qadar amal qiladi. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar hozircha yetkazib berish hajmi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Mavzuga oid
09:01 / 16.11.2024
«Gazprom» Avstriyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024