Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Tramp muammolarni juda tez hal qilishni boshladi
Amerikaliklarning deyarli yarmi, mamlakat prezidenti Donald Tramp AQSh qarshisida turgan muammolarni "juda tez" hal qilishga kirishdi, deb hisoblamoqda. Amerikaning ijtimoiy fikrni o‘rganishga ixtisoslashgan Gallup instituti o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan dalolat beradi.
Respondentlardan mamlakatning asosiy muammolarini hal qilishga kirishgan prezident tezligini baholash so‘ralgan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, 35 foiz kishi ishlarning borishidan ko‘ngli to‘qligini aytgan. 10 foiz kishining fikricha, Tramp muammolarni hal etishda unchalik ham tezkorlik ko‘rsatmayapti. Qolgan 8 foiz inson javob berishga qiynalgan. Gallup institutining qayd etishicha, Trampdan avvalgi prezident Barak Obama faoliyatini 2009 yilda 63 foiz amerikalik ma'qullagan.
So‘rov ishtirokchilariga, shuningdek, Tramp tomonidan so‘nggi kunlarda qabul qilingan farmonlarni baholash so‘ralgan. Shunday qilib, so‘ralganlarning 42 foizi immigratsiya farmonini qo‘llab-quvvatlayapti, aholining 38 foizi Meksika bilan chegarada devor qurilishi tarafdori bo‘lsa, yana 36 foiz fuqaro suriyalik qochqinlarning AQShga kiritmaslikni ma'qullagan.
So‘rov 30 va 31 yanvar kunlari 50 shtatda o‘tkazilgan. Unda 1018 kishi qatnashgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025