Jahon | 12:50 / 04.02.2017
5167
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh adliya vazirligi Trampning muhojirlik farmoni to‘xtatib qo‘yilishidan norozi

AQSh adliya vazirligi Sietldagi sudning Donald Trampning muhojirlik farmonini to‘xtab qo‘yish haqidagi qaroriga qarshi shikoyat arizasi bilan chiqmoqchiligini ma'lum qildi. Bu haqda TASS Oq uy matbuot kotibi Shon Spayserga tayanib xabar berdi.

Shuningdek Oq uyda farmonni “mumkin bo‘lgan va o‘rinli” deb atashgan.

“Prezident farmoni mamlaktni himoya qilishga qaratilgan”, - dedi Spayser.

Avvalroq Sietl (Vashington shtati) federal sudyasi AQSh prezidenti Donald Trampning muhojirlik farmoni ta'sirini qisman to‘xtatib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid