Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesliga. «Bavariya»da durang, «Borussiya» M va «Hoffenxaym»da yirik g‘alabalar hamda turning boshqa natijalari
«Bavariya» Germaniya chempionatining 19-turi doirasida «Shalke 04»ni qabul qildi. Myunxendagi «Alyants-Arena» stadionida kechgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
O‘yinning 9-daqiqasida Robert Levandovski Arturo Vidal uzatgan to‘pni gilzenkirxenliklar darvozasiga yo‘llab jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi, ammo 4 daqiqa o‘tib Naldo jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi.
O‘yin oxirigacha shu hisob o‘zgarmay qoldi.
Endilikda «Bavariya» 46 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida birinchi o‘rinda, «Shalke» 22 ochkosi bilan 11-pog‘onadan joy olgan.
«Borussiya» M Bundesliganing 19-turida «Frayburg»ni qabul qildi. Myonxengladbaxdagi «Borussiya-Park» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 73-daqiqasida jamoa sardori Lars Shtindl hisobni ochdi, 5 daqiqa o‘tib jamoaning yana bir hujumchisi Raffael ikkinchi golni urdi, o‘yin yakunida yakuniy hisob Patrik Xerrman tomonidan o‘rnatildi - 3:0.
Yana bir uchrashuvda «Hoffenxaym» «Maynts»ni yirik hisobda yengdi (4:0), «Volfsburg» «Kyoln»ga yutqazdi (0:1), «Gerta» «Ingolshtadt»ni yengdi (1:0).
Germaniya bundesligasi, 19-tur
Bavariya – Shalke-04 1:1 (1:1)
Gollar: Levandovski (9) – Naldo (13).
Bavariya: Noyyer, Bernat (Alaba, 77), Hummels, Rafinya (Lam, 77), Martines, Robben (Koman, 72), Xabi Alonso, Vidal, Duglas Kosta, Myuller, Levandovski.
Shalke-04: Fermann, Xevedes, Naldo, Kolashinats, Badshtuber (Nastasich, 59), Shopf, Bintolib, Gorettska (Kerer, 87), Stambuli, Burgshtaller (Shupo-Moting, 73), Kalijuri.
Ogohlantirishlar: Bintolib (61), Martines (77).
Borussiya M – Frayburg 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 73 Shtindl, 2:0 – 78 Raffael, 3:0 – 90 Xerrmann.
Borussiya M – Zommer, Kristensen, Vendt, Yanchke, Vestergor, Daud, Kramer, Xan (Jonson, 65), Azar, Shtindl (Drmich, 88), Raffael (Xerrmann, 90).
Frayburg – Shvolov, Gulde, Gyunter, Kyubler (Ignovski, 83), Seyundjyu, Frantts, Abrashi (Shuster, 87), Xaberer, Grifo, Niderlexner (Nilsen, 83), Petersen.
Ogohlantirishlar: Shtindl (56), Gyunter (56).
Hoffenxaym-1899 – Maynts 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 5 Ut, 2:0 – 81 Terratsino, 3:0 – 86 Salai, 4:0 – 90 Salai.
Hoffenxaym-1899 – Baumann, Kaderjabek, Xyubner (Bichakchich, 83), Zyule, Demirbay, Fogt, Rudi, Amiri, Tsuber, Kramarich (Salai, 69), Ut (Terratsino, 76).
Maynts – Lessl, Brosinski, Bell, Donati, Ramalo (Fray, 71), Lattsa, Samperio, De Blasis, Bungert, Kordoba (O‘ztunali, 58), Muto (Krkich, 75).
Ogohlantirishlar: Kordoba (37), Baumann (51), Kaderjabek (59), O‘ztunali (90).
Gerta – Ingolshtadt-04 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 2 Xaraguti.
Gerta – Yarsteyn, Bruks, Langkamp, Pekarik, Mittelshtedt, Shtoker (Shiber, 63), Lustenberger, Xaraguti, Darida, Ibishevich (Torunariga, 90), Kalu (Essvayn, 79).
Ingolshtadt-04 – Xansen, Zuttner, Xaderdjonay, Brejyeri, Yung (Lyaypertts, 76), Kristiansen (Xinterzeyer, 66), Rojyer (Kittel, 66), Gross, Morales, Matip, Leskano.
Ogohlantirishlar: Gross (39), Ibishevich (47), Morales (58), Darida (89).
Kyoln – Volfsburg 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 81, penalti Modest.
Kyoln – Kessler, Xaynts, Sorensen, Olkovski, Xektor, Xeger, Raush, Klemens (Tsoller, 63), Bitenkur (O‘zjon, 72), Modest, Osako (Marox, 86).
Volfsburg – Benalo, Viyeyrinya (Mayoral, 86), Rodriges, Bruma, Zeguin, Gilavogi (Ntep, 85), Gerxardt, Malli, Luis Gustavo, Arnold, Gomes.
Ogohlantirishlar: Osako (34), Klemens (43), Bruma (58), Viyeyrinya (67), Olkovski (76), Kessler (85), Gilavogi (85).
Mavzuga oid
07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
12:21 / 09.04.2025
«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi
03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi
14:17 / 30.01.2025