Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik erkak kichik yer qismi tufayli beshta qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi
Xitoyning Xenan viloyatida yashovchi erkak janjal paytida o‘zining besh nafar qo‘shnisini pichoqladi. Bu haqda “Sinxua” agentligi mahalliy politsiyaga asosan xabar berdi.
Hodisa juma kuni Yunchen okrugida sodir bo‘lgan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, Lu familiyali erkak voqea joyida uchta qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan, to‘rt nafari jarohatlangan. Ulardan ikki nafari keyinchalik kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Shundan so‘ng erkak o‘z joniga qasd qilishga uringan. Hodisa joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari uni hibsga olishdi. Xabarlarga ko‘ra, qo‘shnilar o‘rtasidagi janjalga kichik yer qismi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025