Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Oliy sud sudyaligiga yangi nomzodni e'lon qildi: Nil Gorsach. Kim u?

Prezident Tramp federal sudya Nil Gorsach nomzodini AQSh oliy sudiga a'zo sifatida qo‘llab-quvvatladi. U Harvard universiteti bitiruvchisi sanalib, Oksford universitetining huquq falsafasi bo‘yicha doktorlik unvoniga ega.
“Nil Gorsachda oliy yuridik qobiliyat bor, u juda ham aqlli, tartib-intizomi kuchli va ikki partiyaning qo‘llab-quvvatloviga ega”, - dedi Tramp Oq uyda 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan tanishtiruv marosimida.
Gorsach Koloradoda tug‘ilgan bo‘lib, ayni damda appelyatsiya sudining Kolorado, Kanzas, Nyu-Meksika, Yuta, Vayoming va Oklaxoma shtatlari bo‘yicha sudyasi hisoblanadi.
“Biz sudyalar o‘z libosimizni kiyganimizda, bu bizni yanada aqlliroq qilmaydi, biroq bu bizdan nima kutishayotganini eslatib turadi: adolat va mustaqillik”, - dedi Gorsach.
AQSh oliy sudi sudyasi o‘rni Antonin Skalia 2016 yilning 13 fevral kuni vafot etgach bo‘shab qolgandi.
Gorsach 1990-yillarda oliy sud a'zolari Bayron Vayt va Entoni Kennedining yordamchisi bo‘lib ishlagan.
Gorsach lavozimga tasdiqlaganidan bo‘lsa, o‘zi yordamchisi bo‘lgan sudya bilan bitta tarkibga kiradigan oliy sud sudyalarining birinchi yordamchisi bo‘ladi.
Gorsach rafiqasi Luiza va ikki nafar qizi bilan Koloradoda istiqomat qiladi. U faol hordiq chiqarishni xush ko‘radi – baliq ovlash va tog‘ chang‘isi bilan shug‘ullanish. Oila otlarni parvarishlaydi. Ularning kichik fermasida tovuq va echkilar ham bor.
Oliy sud a'zoligiga nomzodlar xuddi vazirlar mahkamasi a'zolari kabi AQSh senati tomonidan ma'qullanishi lozim.
Ovoz berish jarayonidan avval nomzod Senatning yuridik qo‘mitasidagi eshituvlarda qatnashadi va o‘z faoliyati, o‘zi amal qiladigan huquqiy konsepsiyalar haqidagi savollarga javob beradi. Nomzodni ma'qullash uchun ko‘pchilik ovoz talab etiladi.
AQSh oliy sudi sudyalari aksariyat federal sudyalar kabi o‘z lavozimida umrbod qoladi. Bu holat ularning “xatti-harakati munosib bo‘lsa” yuz beradi. Aks holda, ular Senat tomonidan o‘z vazifasidan ozod etilishi ham mumkin.
Oliy sud sudyalarining umrbod vakolatlari ularga mustaqillikni saqlab turish imkonini beradi. Prezident va Kongress a'zolaridan farqli ravishda, sudyalar faqatgina Konstitutsiya va Qo‘shma Shtatlar qonunlariga xizmat qiladi.
Bunday tizim AQSh qonunchiligining mustaqilligini doimiy ravishda ta'minlab turadi.
Mavzuga oid

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi

03:48 / 10.08.2020