Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda qor ko‘chkilari oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 nafardan oshib ketdi
Afg‘onistonda qor ko‘chkilari oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 nafardan oshib ketdi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi.
Uch kun davom etgan qorlar bir qator qor ko‘chkilarga sabab bo‘ldi. Ma'lum qilinishicha, Nuriston viloyatidagi ikkita aholi punkti qor ostida qolgan. Qutqaruvchilar qor uyumlari ostidan qishloqlarda yashovchi 50 nafar odamning jasadini chiqarib olishgan.
"Ko‘chkilar Bargmatal yaqinidagi ikkita qishloqni bosib qolgan, qishloqlardan birida 50 jasad chiqarib olingan, ayni vaqtda qutqaruvchilar ikkinchi qishloqqa yetib borishga urinmoqdalar", deb aytgan Afg‘oniston vakili.
Avvalroq Badaxshon va Parvan viloyatlarida 54 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Tabiiy ofat tufayli mamlakatning bir nechta bosh magistralidagi, jumladan Qobul va Qandaxorni bog‘lovchi yo‘lda harakat qiyinlashgan. Bu yo‘lda yuzlab mashinalar qolib ketgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025