Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy optik aloqaning yangi tizimini sinovdan o‘tkazdi
Xitoy ilk marta bir vaqtning o‘zida real vaqt rejimida muloqot qilish imkonini beruvchi eng yangi tizimni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqida "Sinxua" agentligi Uxan telekommunikatsiya ilmiy-tadqiqot instituti (Markaziy Xitoy) bayonotiga asoslanib xabar berdi.
"Bu Xitoyning optik aloqa texnologiyalari yangi taraqqiyot bosqichiga chiqqanidan dalolat beradi. Unga ko‘ra, katta masofalarga haddan ziyod yuqori tezlikda o‘ta yirik hajmdagi ma'lumotlar yetkaziladi", - deya izoh berishdi loyiha ishtirokchilari tadqiqot yakunidan so‘ng. Shuningdek ular ma'lumot yetkazish tezligi soniyasiga 560 terabaytni tashkil qilishini ta'kidlashdi.
Xitoylik olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ma'lumotlar yetkazish oqimini obrazli tavsirlaydigan bo‘lsak, oddiy zamonaviy optik texnologiyalarni bir izli yo‘lga taqqoslash mumkin. Endigina sinovdan o‘tkazilgan variant esa - yetti izli tezkor magistral. Natijada, mutaxassislarning izohlashicha, bu sohada yanada baland cho‘qqilarni zabt etishga muvaffaq bo‘lishdi.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025