Sport | 01:09 / 05.02.2017
10083
1 daqiqa o‘qiladi

La-Liga. Torresning dubli «Atletiko»ga g‘alaba keltirdi

Ispaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda Madridning «Atletiko» jamoasi «Leganesni qabul qildi.

Uchrashuvning 15 va 51-daqiqalarida Fernando Toreyes tomonidan kiritilgan gollar Diyego Simeone jamoasiga g‘alaba keltirdi. Torres dubli orqali «Atletiko» safida kiritgan gollari sonini 100taga yetkazib olganini alohida qayd etib o‘tish joiz.

Ushbu g‘alabadan keyin madridliklar hisobidagi ochkolar soni 39taga yetdi va jamoa 4-o‘rinda bormoqda. «Leganes» esa 18 ochko bilan 17-pog‘onani band etib turibdi.

Ispaniya La-ligasi, 21-tur
Atletiko – Leganes 2:0 (1:0)

Gollar: Torres (15, 51).
Atletiko: Moyya, Godin, Filipe Luis, Xuanfran, Savich, Koke, Gabi, Saul (Korrea, 46), Gaytan (Ferreyra Karrasko, 57), Grizmann (Vrsalko, 73), Torres.
Leganes: Yago Errerin, Siovas, Dias (Adames, 72), Bustinsa, Riko, Moran (Machis, 77), Shimanovski, Bueno, Lopes (Samu, 63), Insua, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Moran (30), Savich (32).

Mavzuga oid