Jahon | 09:28 / 05.02.2017
7905
2 daqiqa o‘qiladi

Ruminiya hukumati namoyishchilar talabini qabul qilishga majbur bo‘ldi

Foto: gov.ro

Ruminiya bosh vaziri Sorin Grindyanu telemurojaatda mamlakat hukumati ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan amnistiya haqidagi farmonni bekor qilishini ma'lum qildi. Bu haqda Romania TV telekanali xabar berdi.  

"Biz farmonning kiritilishini qonuniy yo‘l bilan bekor qiladigan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazamiz. Men Ruminiyani bo‘laklamoqchi emasman", deb aytgan bosh vazir.   

O‘z navbatida, senat spikeri Kelin Terichanu hukumat bunday qarorni "yashiradigan narsasi yo‘qligi" sabab qabul qilganini aytgan.

Farmonga ko‘ra, korrupsiya bo‘yicha qamalgan bir qator amaldorlar amnistiya qilinishi belgilangan. Bu esa aholi orasida noroziliklarga sabab bo‘ldi. Odamlarning fikricha, amnistiya natijasida korrupsiyalashgan siyosatchilar va ba'zi xavfli jinoyatchilar ozodlikka chiqib ketishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ruminiyaning bir qator shaharlarida oxirgi 25 yil ichidagi eng yirik norozilik namoyishlari o‘tmoqda, ularning ishtirokchilari soni 300 ming kishidan oshib ketdi.

Mavzuga oid