Fan-texnika | 18:48 / 06.02.2017
4073
1 daqiqa o‘qiladi

Amazon robotlari insonlar o‘rnini egallay olmadi

Foto: Reuters

AQShning internet savdoga ixtisoslashgan Amazon kompaniyasi 2016 yilda 15 ming robotni joriy qilgan. Bunda xodimlarning hech biri qisqartirilmagan, deya ta'kidlagan Quartz portali o‘z tadqiqoti natijasiga ko‘ra.

Hozirda, Amazon kompaniyasida ishlaydigan robotlarning umumiy soni 45 ming donaga yetgan. 2016 yilda bu borada katta sakrash amalga oshirilgan va robotlar soni 50 foizga ortgan. Bunda sun'iy aql insonlar o‘rnini bosa olmagani qayd etilgan. Statistika ma'lumotlariga binoan, o‘tgan yili xodimlar soni ham ikki martaga o‘sgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid