Dunyoning ilk trillioneri kim bo‘lishi ma'lum qilindi
Microsoft asoschisi tez orada dunyodagi ilk trillionerga aylanishi mumkin. Qashshoqlik bilan kurashuvchi tashkilot (Oxfam) mutaxassislari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Bill Geyts dunyoning eng badavlat kishilar ro‘yxatida birinchi pog‘onada. Trendymen shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Shunisi qiziqki, Oxfam'ning yangi hisobotida G‘arb ishbilarmonlarining kapitali muntazam o‘sayotganligiga doir statistik dalillar keltirilgan. Masalan, 2009 yilda dunyo miqyosida umumiy moliyaviy ahvoli 2,4 trillion dollarga baholanuvchi "atigi" 792 milliarder qayd etilgan. 2016 yilda esa xuddi shu guruh 5 trillion dollarga egalik qilgan.
Bill Geytsning 84,4 milliard dollarlik kapitali 25 yildan keyin bir trillionga yetadi. U vaqtga borib sayyoramizning eng badavlat kishisi 86 yoshda bo‘ladi - "Ilk trillionni qanday ishlash mumkin?" mavzusidagi memuar yozishning ayni vaqti.
Mavzuga oid
23:20 / 03.10.2024
Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi uchta asosiy qo‘rquvini aytdi
22:30 / 08.09.2024
2027 yilda dunyoda birinchi trillioner paydo bo‘lishi mumkin
09:40 / 15.01.2024
Oxfam xayriya tashkiloti boylar uchun yangi soliq joriy etishga chaqirdi
10:17 / 01.12.2023