Jamiyat | 18:12 / 06.02.2017
24450
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: 500 kishi ishtirokidagi oilaviy surat

Xitoyning Shenchjou qishlog‘ida yashovchi bir oila a'zolari umumiy fotosuratga tushishga qaror qilishdi. Ular Xitoy taqvimi bo‘yicha Yangi yil bayramini nishonlashgandan so‘ng rasmga tushganlar. Kadrlarda Ren oilasining 500 nafarga yaqin a'zolari tasvirlangan.

Fotosuratchining so‘zlariga ko‘ra, u barcha qarindosh-urug‘larni bitta kadrga sig‘dirish uchun 30 daqiqa vaqt sarfladi. Kadrlar «Jenmin jibao» nashrining Feysbukdagi sahifasida taqdim etilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid