Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID yetakchisi topilgani va qurshab olingani ma'lum qilindi
IShID terrorchilik tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning joylashgan o‘rni aniqlandi, deb ma'lum qilgan Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy France24 telekanaliga.
"U yakkalangan va harakatlanishi cheklangan", deb ma'lum qilgan telekanal al-Obodiyga iqtibos keltirgan holda tvitterda. Iroq bosh vaziri bilan suhbatning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
Dekabr o‘rtalarida Iroq maxsus kuchlari qo‘mondoni Fozil Barvariy al-Bag‘dodiy Mo‘suldagi yer osti bunkerida yashirinayotganini ma'lum qilgandi.
Avvalroq AQSh Davlat departamenti al-Bag‘dodiy haqidagi ma'lumot uchun mukofot pulini 25 mln dollargacha oshirgandi.
Asl ismi Ibrohim Avad Ibrohim al-Badriy bo‘lgan al-Bag‘dodiy birinchi marta ommaviy ravishda 2014 yil iyulda Mo‘suldagi masjidda ko‘rinish bergan. O‘shandan keyin OAVda uning yo‘q qilingani haqida bir necha xabarlar paydo bo‘lgan, biroq bu xabarlar tasdig‘ini topmagan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024