Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Majlis Senati Raisi shahrixonlik tadbirkorlar bilan uchrashdi
Andijon viloyatining Shahrixon tumani azaldan hunarmand, tadbirkor va ishbilarmon kishilari bilan mashhur. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, tumanda 208 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yekti ro‘yxatga olinib, ularning umumiy soni 1 ming 700 taga (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) yetib, ularning sanoatdagi ulushi 90,5 foizni, qurilishda 97,4 foizni, qishloq xo‘jaligida 99,7 foizni, investitsiyada 65,7 foizni, chakana savdoda 96,1 foizni tashkil qildi.
Shahrixon tumanida tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N. Yo‘ldoshev senatorlar va deputatlarning, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining aholi bilan muloqotlari muammolarga joyida yechim topish, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta'kidladi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar, fermerlar o‘z faoliyatini kengaytirish, yer ajratish, kredit olish va boshqa masalalar yuzasidan Senat Raisiga, Oliy Majlis spikerining o‘rinbosari Hotamjon Ketmonov, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga murojaat qilib, o‘z savollariga javob olishdi.
Ayrim muammoalar joyida o‘z yechimini topdi. Jumladan, tadbirkor Azizbek Xolmirzayevning Sherqurg‘on MFY o‘ramidan futbol maydonchasi qurish uchun 24 sotix yer maydoni ajratish haqidagi murojaati, “Ergashzoda” xususiy korxonasi egasi Shavkatbek Yuldashevga yangi ishlab chiqarish tashkil etishi uchun nol xarid qiymatida beriladigan binolar ro‘yxati shu yerning o‘zida mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan bo‘lsa, tadbirkor Abdurahmon To‘raqulov tomonidan tumanda alohida kichik sanoat hududi tashkil etish taklifi ma'qullanib, mos keladigan hududlarni o‘rganish ishlari boshlandi.




Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025