Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik velosipedchilarga Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmalar qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi
6 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida federatsiya raisi etib saylangan Tanzila Norboyeva so‘zga chiqib, 2013-2016 yillar davomida Federatsiya ijrochilari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish, shuningdek bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar, istiqbolli rejalar xususida to‘xtalib o‘tdi.
U sportning ushbu turini O‘zbekistonda yanada rivojlantirish, yoshlar orasida ommaviyligini oshirish masalalariga alohida urg‘u bergan.
Shuningdek, zudlik bilan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini qaytadan shakllantirish, buning uchun avvalo butun respublika bo‘ylab seleksiya ishlarini kuchaytirish, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga yosh iqtidorli va malakali murabbiylarni jalb etish, joiz bo‘lsa xorijlik mutaxassislarni maslahatchi sifatida taklif etish, veloklublarni tashkil etish va albatta Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritish ustivor vazifalar deb belgilandi.
Mavzuga oid
19:51 / 03.09.2021
Yaponiya bosh vaziri iste'foga chiqadi. Sabablardan biri - Tokio Olimpiadasi
17:26 / 13.08.2021
Olimpiada sovrindorlari murabbiylari va barcha ishtirokchilarga ham pul mukofoti beriladi
16:22 / 13.08.2021
Prezident xorijdan legioner sportchi olib kelish tajribasi o‘zini oqlamayotganini aytdi
12:32 / 12.08.2021