Jamiyat | 11:18 / 07.02.2017
158461
2 daqiqa o‘qiladi

11 yoshli cho‘pon qiz dunyoga mashhur bo‘ldi

Tanishing: Hamdu Sana Bilgin, turkiyalik 11 yoshli cho‘pon qiz va uning ko‘ppagi Tomi. Ular echki va bolasini qutqarishgach, dunyoga mashhur bo‘lib ketishdi. Qizning mashhurligiga echkiga ko‘rsatgan rahmdilligi sabab bo‘ldi.

Qizcha Turkiyaning Rizo shahri atrofidagi qishloqlardan birida istiqomat qiladi. Uning oilasi echkichilik bilan shug‘ullanadi. 

Hamduga uy hayvonlarini boqishda Tomi laqabli iti yordam beradi. Bir kuni cho‘pon qiz qor bosgan tog‘ oralab hayvonlarni boqib yurar ekan, echkilardan biri tug‘ayotganini sezib qolgan.

Shundan so‘ng, Hamdu echki va bolasi uyga qayta olmasligidan xavotirlanib, oddiy, ammo ajoyib qarorga kelgan.

"Echki tug‘ishni boshlaganida men to‘dani uyga qaytarishga qaror qildim. Uydan ikkita bo‘sh ryukzakni olib Tomi bilan birga qaytdim", - deya hikoya qiladi Hamdu. 

Yosh cho‘pon ona echkini ryukzakiga solib, o‘z yelkasiga, bolasini ikkinchi sumkaga joylab Tomining yelkasiga ortgan. Shu bilan ular betalofat uyga kelib olishgan.

Uning 15 yoshli akasi olgan suratlar dunyo ijtimoiy tarmoqlarida tobora ommalashib ketmoqda. 

Qahramon qizning aytishicha, uyga qaytish, yo‘lni qalin qor bosgani sababli juda qiyin bo‘lgan, "ammo shunga arzigan". 

 

Mavzuga oid