Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Meksika bilan chegarada devor qurishni rejalashtirish boshlandi
AQSh milliy xavfsizlik vaziri Jon Kelli 7 fevralda AQSh hukumati Meksika bilan chegarada devor qurishni rejalashtirishga kirishganini ma'lum qildi.
"Mavjud qonunlarga ko‘ra, ichki xavfsizlik vazirligi janubiy chegaradagi devorni rejalashtirish, loyihalash va qurish uchun barcha zaruriy choralarni zudlik bilan ko‘radi", deb aytgan Kelli AQSh kongressi vakillar palatasining tegishli qo‘mitasidagi yig‘ilishda.
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShni noqonuniy immigratsiyadan himoya qilish uchun Meksika bilan chegarada devor qurishini aytgan. Trampning aytishicha, devor uchun meksikaliklar haq to‘laydi. Biroq Meksika hukumati bunga javoban, hech qanday vaziyatda buni qilmasligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025