Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik ayolning sochlari uni tomdan tushib ketishidan asrab qoldi
Xitoyning Shensi viloyatida yashovchi erkak tomdan sakramoqchi bo‘lgan xotinini sochlaridan ushlab qolib, qutqarib oldi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi mahalliy OAVga asosan xabar berdi.
Hodisa Shitsyuan aholi punktida o‘tgan yakshanba kuni yuz bergan. Ayol eri bilan janjal paytida bino tomiga chiqib, taxminan 20 metr balandlikdan sakramoqchi bo‘lgan. Biroq erkak uning sochlaridan ushlab qolib, bunday holatda taxminan uch daqiqa ushlab turdi, so‘ng tomga politsiyachilar chiqib, ularga yordam berishgan.
South China Morning Post gazetasi tomonidan taqdim etilgan videoda erkak so‘nggi qavatdagi oyna panjarasida turib, rafiqasining sochidan ushlab turgani tasvirlangan. Politsiyachilardan biri tomga chiqib, ayolning kiyimini ushlagan hamda uning eriga yordam bergan. Bu vaqtda politsiyachining hamkasblari uni ushlab turishgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025