Jamiyat | 13:46 / 07.02.2017
9212
1 daqiqa o‘qiladi
«Kamolot» YoIHga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Sarvar Ashurov «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda harakat rasmiy saytida ma'lum qilingan.
U «Kamolot»ning avvalgi rahbari, yanvar oyi oxirida Prezident Devoni yoshlar masalalari sektori rahbari etib tayinlangan Bahodir G‘aniyevning o‘rnini egalladi.
1982 yilda tug‘ilgan Sarvar Ashurov — O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent moliya instituti bitiruvchisi hisoblanadi. 2013 yildan «Kamolot» raisi o‘rinbosari va «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
12:38
Bosh vazir yordamchisi va uning DXX Ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan akasi ishdan olindi
22:51 / 10.07.2020
Yoshlar ishlari agentligi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
17:11 / 10.08.2017
«Paxtakor» homiylari ichida hamon «Kamolot» bormi? (Fotofakt)
15:50 / 12.07.2017