Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda o‘tgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik bokschilar sakkizta medalni qo‘lga kiritdi
Qirg‘izistonda boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik bokschilar Vatan sharafini munosib himoya qilib, sakkizta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
91 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sardor Yormuhamedov dastlab qirg‘izistonlik Jaksilik Kuzaliyev, yarim finalda xitoylik Chen Yunfa, finalda mezbonlarning yana bir vakili Sergey Parenkoni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Vazni 75 kilogrammlik charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan Kozimbek Mardonov qozog‘istonlik Temirlan Raimqulov, xitoylik Molla Tuoxetikiong, qirg‘izistonlik Azamat Kanibek va Ilyos Akmataliyevni mag‘lubiyatga uchratdi va terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Turnirda Rustamjon Ismoilov kumush, Nodir Mirzahmedov, Ulug‘bek Komilov, Aliyor Noraliyev, Odil Arslonov, Hasanxon Barotov bronza medali bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025