Futbol jamoalariga pul tikish qimor ekanligi aytildi
Juda ko‘p sport turlari, jumladan, futbol o‘yiniga ham pul tikib, buni qimor ko‘rinishiga olib kelish holatlari uchrab turadi. Bu ish qay darajada to‘g‘ri? Ana shunday mavzuga oid savol bilan muxlis.uz saytiga murojaat qilingan. Savolda shunday deyiladi?
“Assalomu alaykum. Ayni damda men xorijdaman. Bu yerda futbol o‘yinlariga pul tikib, bahslashadigan kafelar mavjud. Tashrif buyuruvchilarning har biri, albatta, bu bahsda ishtirok etadi. Yutgan mehmon kassadan belgilangan foizda o‘z yutug‘ini oladi. Shariatimizda bunday narsalarga qanday qaraladi?”.
Ushbu savolga «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li javob qaytargan.
“Va alaykum assalom. Ma'lum shartlarga ko‘ra, futbol o‘ynash va tomosha qilish joiz. Lekin turli klublarga pul tikish – qimor hisoblangani uchun – joiz emas. Uning ortidan topilgan pul harom sanaladi.
Xullas, shariatda futbol jamoalariga pul tikishga ruxsat etilmaydi. Musulmon odam bunday noshar'iy ishlardan yiroq yuradi, bilmaganlarga aytib, ogohlantirib qo‘yadi”.
Mavzuga oid
09:20 / 16.11.2024
Yevropada yakkalanayotgan Isroil futboli
19:09 / 17.10.2024
Qozog‘iston bosh murabbiyi Cherchesov qozoq tili haqidagi hazili uchun jazolandi
11:52 / 06.09.2024
O‘zbekiston va Britaniya futbol sohasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish imkonini muhokama qilmoqda
13:42 / 19.08.2024