Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lam 33 yoshida faoliyatini yakunlashi va «Bavariya»da qolmasligi haqida e'lon qildi
«Bavariya» sardori Filipp Lam joriy mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qildi.
Sport Bild xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi klub rahbariyati va jamoadoshlarini bu haqida ogohlantirgan.
Bundan tashqari, Lam myunxenliklar jamoasida sport direktori lavozimida ishlash bo‘yicha taklifni rad qilgan.
Lam bilan «Bavariya» o‘rtasidagi shartnoma muddati 2017/18 yilgi mavsum so‘ngigacha edi. Klubdagilar ushbu tajribali futbolchining shartnomasini oxirigacha o‘tab berishini istamoqda.
«Bavariya» safida Lam 1995 yildan o‘ynay boshlagan (o‘smirlar jamoasida), u 2002 yilda asosiy jamoada debyut qilgan.
U jamoa bilan 8 marta Germaniya chempioni, 7 marta mamlakat Kubogi sohibi bo‘lgan.
2013 yilda Lam «Bavariya» bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan, 2014 yilda Germaniya terma jamoasi bilan Jahon chempioniga aylangan.
Mavzuga oid
07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
12:21 / 09.04.2025
«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi
03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi
14:17 / 30.01.2025