A seriya. "Milan" ikki kishi kam bo‘lib, safarda g‘alabaga erishdi
Italiya chempionatining 18-turida "Milan" safarda "Bolonya"ga qarshi maydonga tushdi. Mehmonlar ikki o‘yinchi kam bo‘lib o‘ynab, kichik g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida ikkinchi sariq kartochkasini olgan milanliklar himoyachisi Gabriel Paletta maydonni tark etgan bo‘lsa, 59-daqiqada Yuray Kutska o‘yindan chetlatildi. Shunday bo‘lsa-da, Montella shogirdlari raqib hujumini qaytarish bilan birgalikda, gol kiritishga ham muvaffaq bo‘lishdi. G‘alaba gol uyinning 89-daqiqasida Pashalich tomonidan kiritildi.
Bolonya – Milan 0:1
Gol: 0:1 – 89 Pashalich.
Bolonya – Anjyelo, Kraft, Gastaldello (Petkovich, 62), Mayyetta, Mbayye (Torosidis, 77), Nad, Pulgar (Viviani, 80), Jyemaili, Verdi, Destro, Kreychi.
Milan – Donnarumma, Abate, Paletta, Romanoli (Sapata, 31), Vandjoni, Kutska, Lokatelli (Gomes, 46), Pashalich, Suso, Bakka (Poli, 62), Deulofeu.
Ogohlantirishlar: Paletta (18), Mbayye (18), Abate (23), Gastaldello (45), Verdi (47), Kutska (53), Vandjoni (71), Nad (90), Jyemaili (90).
Chetlatishlar: Paletta (36), Kutska (59).
Mavzuga oid
12:12 / 23.04.2024
Derbida mushtlashuv va chetlatishlar. Italiyada chempion rasman aniq bo‘ldi
13:01 / 21.01.2024
Italiyada mojaro, «Arsenal»da 5 ta gol. Yevropada kun o‘yinlari
13:23 / 14.12.2023
«PSJ» amallab o‘lim guruhidan chiqdi, «Barsa» autsayderga yutqazishni «uddaladi». YeChLda so‘nggi tur o‘yinlari
16:37 / 28.11.2023