AQSh xitoyliklarga viza berish tartibiga o‘zgartishlar kiritdi
AQShning Xitoydagi elchixonasi xitoyliklarga viza berish tartibiga o‘zgartishlar kiritdi. Unga ko‘ra, endilikda, takroriy viza uchun kirish vaqtida, avvalgi viza muddati tugaganiga 12 oydan oshgan bo‘lsa, suhbatdan o‘tish talab etiladi. Bu esa AQSh prezidenti Donald Trampning yangi migratsiya siyosati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb yozadi Global Times gazetasi.
AQSh elchixonasi saytining vizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari bo‘limida yozilishicha, avval ham sayyohlik vizasini olgan hamda viza muddatiga 12 oy to‘lmagan 14 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ayni turdagi vizani konsullikda suhbatdan o‘tmasdan olishlari mumkin. Bundan avval, shunday vizasi bor fuqarolar 48 oygacha vizaga qayta murojaat qilishda suhbatdan o‘tishi talab qilinmas edi.
Vizalarni olishda yordam beruvchi agentning so‘zlariga ko‘ra, yangi qoida Xitoy fuqarolari uchun Amerika vizasini olishni murakkablashtiradi. Biroq bu 10 yil muddatga sayyohlik vizasiga ega kishilarga umuman ta'sir ko‘rsatmaydi, deb yozadi nashr.
Mavzuga oid
12:10
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
13:13 / 28.09.2024