Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bojxona to‘lovlarini oshirsa, Kanada javob choralari ko‘rishi bilan tahdid qildi
Agar AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Kanada mahsulotlariga import bojini oshirsa, Kanada «javob choralarini ko‘radi». Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.
«Agar bu g‘oya qachondir amalga oshiriladigan bo‘lsa, Kanada tegishli tarzda javob qaytaradi», — degan Kanada TIV rahbari Xrist Friland.
Frilandning so‘zlariga ko‘ra, tariflarning oshirilishi AQShning o‘ziga zarar keltiradi: Kanada eksportining 75 foizi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi, AQShning 35 shtati Kanada uchun asosiy eksport bozori hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘pchilik tomonidan «izolyatsionist» deb baholanayotgan Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtidayoq AQShni Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvidan (North American Free Trade Agreement, NAFTA) olib chiqish va Meksika mahsulotlari uchun boj to‘lovini oshirish rejasi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025