Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antarktidada to‘rtta o‘lik dengiz topildi
Amerika, Britaniya va Fransiya olimlari Antarktida qa'rida 4ta qurib qolgan ko‘lni aniqlashdi. Tadqiqotga bag‘ishlangan maqola The Cryosphere jurnalida chop etilgan.
O‘zaro bir-biri bilan bog‘langan 4ta ko‘l qit'a g‘arbidagi Amundsen dengizi yaqinida joylashgan Tueyts shelf muzligi ostida yashiringan. 2013 yil iyunidan 2014 yil yanvariga qadar ko‘llarning suvlari dunyo okeaniga qo‘shilgan.
Muzosti ko‘llarining umumiy maydoni 700 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Ulardan dunyo okeaniga qo‘shilgan suv miqdori 3,5 kub kilometrni tashkil etgan. Suv oqimining eng yuqori tezligi, olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, soniyasiga 240 kub metrni tashkil etgan. Bu g‘arbiy Antarktidadagi shu kabi jarayonlar uchun eng yuqori natijadir.
Muzosti ko‘llarining qurib qolishi, tadqiqotchilaring aytishicha, 20-28 yillik davrda qayta sodir bo‘lib turadi. Bu esa, Tueyts muzligining okean tomon sirpanishini 10 foizga tezlashtirgan. Shu bilan dunyo okeani sathining qisman ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan.
Olimlarning xulosa qilishlaricha, Tueyts muzligi 200-900 yillardan so‘ng to‘liq okeanga qo‘shiladi. Ko‘llar CryoSat-2 sun'iy yo‘ldoshi vositasida aniqlangan.
Mavzuga oid
20:10 / 23.03.2025
Olimlar Antarktidadan ajralib chiqqan aysberg ostida faol ekotizim mavjudligini aniqladi
10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda
13:34 / 07.03.2025
Dengiz muzliklarining maydoni tarixiy minimumgacha qisqardi
13:57 / 24.01.2025