Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulen maktablari Turkiya hisobiga o‘tkazilmoqda
Turkiya ta'lim jamg‘armasi ishining ilk besh oyida uning hisobiga Fathulla Gulenning FETÖ terrorchilik oqimi tarafdorlarining 11 mamlakatdagi ta'lim muassasalarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Gulen tarafdorlari dunyoning 113 ta maktabida 688 ta ta'lim muassasasi ochganlar.
Jamg‘arma hisobiga FETÖ’ning Somali, Gvineya, Nigerdagi maktablari topshirildi. Shuningdek, jamg‘arma hisobiga Gulenning Senegal, Mavritaniya, Chad, Gabon, San-Tome va Prinsipi, Burkina Faso, Pokiston va Afg‘onistondagi maktablarini topshirish bo‘yicha kelishuv imzolangan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Avstraliyada Gulen tarafdorlarining 15 ta, Amerika qit'asining 9 ta davlatida 150 ta, Afrikaning 36 ta davlatida 106 ta, Yevropaning 35 ta davlatida 175 ta, Osiyoning 32 ta davlatida 242 ta maktabi faoliyat yuritmoqda.
FETÖ maktablarining jamg‘arma hisobiga yana 17 ta davlat: Bosniya va Gertsegovina, Hindiston, Albaniya, Tailand, Kamboja, Shimoliy Kipr Turk respublikasi, Avstraliya, Daniya, Iroq, Moldova, Saudiya Arabistoni, Singapur, Malayziya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Sudandagi maktablarini topshirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025