Jahon | 21:21 / 09.02.2017
9127
1 daqiqa o‘qiladi

Kremldagilar turkiyalik harbiylar Rossiya samolyoti zarbasi qurboni bo‘lgani tasdiqladi

Kreml matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anga Rossiya Harbiy Kosmik kuchlarining havo zarbasi oqibatida turkiyalik harbiylar halok bo‘lgani yuzasidan hamdardlik bildirganini tasdiqladi. U bu havo zarbasi xatolik tufayli ro‘y berganini ta'kidlagan.

Bugun Turkiya Bosh shtabi Suriyaning Al-Bob shahri yaqinida turkiyalik 3 harbiy Rossiya HKKning qasddan amalga oshirilmagan hujumi qurboni bo‘lgani, shuningdek, 11 nafar harbiy jarohatlanganini ma'lum qildi.

Ayni vaqtda ikki tomon hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid