OAV: San-frantsiskolik farrosh bir yilda 230 ming dollar ishlab topdi
AQShning San-Frantsisko shahrida hududiy temir yo‘llarida farrosh bo‘lib ishlovchi Lyan Chjao Chjan bir yilda 230 ming dollardan ortiq pul topadi, deb xabar bermoqda The Sun.
Erkak har kuni 17 soat ishlaydi. Uning asosiy ish haqi yiliga 56 ming dollarni tashkil etsa, qolgan 14 ming dollarni bonuslar tariqasida oladi. Bundan tashqari, Chjan 162 ming dollardan ortiq mablag‘ni ish vaqtidan so‘ng ham qolib ishlagani uchun olgan.
Uning hamkasblari Chjan aslida smena vaqtida omborxonada dam olib o‘tirishini ma'lum qilishgan. Videokuzatuv kameralarida erkak bu yerga ikki bora – 54 va 90 daqiqaga kirganini ko‘rish mumkin. Biroq transport kompaniyasi vakili uni himoya qilib chiqdi hamda farroshlar tanaffusga chiqishi mumkinligini ma'lum qildi. Kompaniya rahbarlaridan birining ta'kidlashicha, Chjan "shunchaki hech qachon ishdan bosh tortmaydi".
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, mehnatsevar xodim so‘nggi uch yil davomida umumiy hisobda 680 ming dollar ishlab topgan. 2015 yilda u har kuni (dam olish kunlari ham) ishlagan.
Mavzuga oid
10:59 / 17.12.2023
Yer ostida joylashgan va eng ko‘p o‘lik ko‘milgan shaharlar – dunyoning g‘ayrioddiy maskanlari
13:33 / 19.08.2023
“Uyimiz oldida ilonlar sudralib yurardi” – hayoti o‘zgargan farrosh
10:39 / 01.07.2023
San-Fransiskoda 104 ming dollar yillik daromad kam deb belgilandi
21:28 / 26.07.2022