Jahon | 17:32 / 09.02.2017
3173
1 daqiqa o‘qiladi

«Vikipediya» Daily Mail’ga ishonchni yo‘qotdi

«Vikipediya» muharrirlari Britaniyaning Daily Mail tabloididan ensiklopediyaning inglizcha nusxasidagi maqolalar uchun manba sifatida foydalanilishini taqiqladi. Bu «alohida vaziyatlarda» qo‘llanilmaydi.

The Guardian’ning yozishicha, nashrni «ishonchsiz», deb hisoblashgan. Ensiklopediya muharrirlari gazeta dalil-isbotlarni kamdan-kam holatlarda tekshirishiga, shuningdek, shov-shuv ko‘taradigan xabarlarga ko‘proq e'tibor qaratishini ta'kidlashgan.

Bundan tashqari, hozirda mavjud bo‘lgan maqolalardagi Daily Mail’ga havola ko‘rsatilishini ishonchliroq manbalarga almashtirish rejalashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, «Vikipediya»ning ingliz tilidagi muharrirlari ushbu nashr ishonchligigi masalasini 2015 yilning boshidan muhokama qilib kelishmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid