Tvitterda #NavoiyDay heshtegi dunyo trendiga olib chiqildi
O‘tgan yili #Navoiy575 va #BoburDay heshteglarini dunyo trendiga olib chiqqan «E-yoshlar» guruhi bu yil ham bu ishni takrorladi.
Bugun, shoir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan ushbu aksiyaga qo‘shilgan Twitter foydalanuvchilari soat 9:00dan boshlab #NavoiyDay heshtegi bilan tvitlar yoza boshlashdi.
Aktsiyada, shuningdek, Facebook va Instagram foydalanuvchilari ham o‘z postlarida ushbu heshteglarni ishlatgan holda qatnashishdi.
Aktsiya tashabbuskorlari heshteg trendga olib chiqilganini isbotlovchi skrinshotlarni keltirishgan.
«E-yoshlar» guruhi 14 fevral kuni #BoburDay heshtegini trendga olib chiqishni maqsad qilgan. Shu kuni 14:00 dan boshlab ijtimoiy tarmoqda mazkur heshteg bilan post qoldirilishi boshlanadi.
Mavzuga oid
13:31
Buxoro va Navoiyda saksovullarni sindirganlarga 43 mln so‘m jarima belgilandi
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024