Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Umra-2017» bahor mavsumida qariyb 5,35 ming o‘zbekistonlik ziyoratga boradi
O‘zbekistondan bo‘lgan qariyb 5,35 ming ziyoratchi bahorgi mavsumda Saudiya Arabistoniga «Umra» (kichik haj) ziyorati uchun yo‘l olishadi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, bu mavsum davomida ziyoratchilarga Saudiya Arabistonida 8 nafar ishchi guruh, 8 nafar oshpaz va 27 nafar shifokorlar guruhi xizmat ko‘rsatadi.
O‘n kunlik umra safari davomida o‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun bo‘lib, «Nur Mavadda» mehmonxonasida istiqomat qilishi rejalashtirilgan. Makka shahrida esa Haram masjididan 500-600 metr masofada joylashgan «Abroj Kisva» mehmonxonasi ziyoratchilarni kutib olishga shay holatga keltirilgan bo‘lib, umrachilar u yerda 7 kun davomida bo‘ladilar.
Umra ziyoratiga tayyorgarlik doirasida barcha ziyoratchilarimiz mavsumiy kasalliklarga qarshi emlanib, davlat ramzi tushirilgan kamzul va sumkalar bilan ta'minlanadi. Safar oldidan ularga umra safarining mohiyati, uni ado etishga doir masalalar guruh rahbarlari tomonidan tushuntirib boriladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, «Umra-2017» bahor mavsumi ziyoratchilarini kuzatish 20 fevraldan 1 aprelga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” fondi takliflariga binoan hamda o‘zbek xalqining bag‘rikeng va insonparvarlik tamoyillariga asoslanib, joriy yilda mazkur kengash tomonidan bir va undan ortiq marotaba haj va umra safarlariga borgan shaxslarning muborak ziyoratlarga borishlari kechiktirib turilishi haqida qaror qabul qilingandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025