Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Niderlandiya ikki tomonlama soliqqa tortmaslik Konventsiyasiga protokolni imzoladi
2017 yil 6 fevralda O‘zbekiston va Niderlandiya ikki tomonlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlatlararo Konventsiyaga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Konventsiya 2001 yil 18 oktabrida imzolangan bo‘lib, kapital va daromadlarga ikki mamlakatda baravariga soliq solmaslikni ko‘zda tutadi, deb yozmoqda UzDaily.uz.
Hujjat O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev rahbarligidagi delegatsiyaning Niderlandiyaga tashrifi doirasida Haagada imzolangan. Konventsiyaga kiritilayotgan yangi Protokol bilan soliq shaffofligi bo‘yicha xalqaro me'yorlarga mos keluvchi yangi tartiblar kiritilmoqda.
Shu bilan birga, Zutermer shahriga uyushtirilgan safar chog‘ida O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiya salohiyatiga doir maxsus taqdimot o‘tkazildi hamda O‘zbekistonga sarmoya kiritayotgan xorijiy kompaniyalarga taqdim etiladigan soliq imtiyozlari xususida keng axborot berildi.
Botir Parpiyev taqdimotdan so‘ng, Niderlandiya kompaniyalari vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga javob bergan. U, shuningdek, qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, DSQning virtual qabulxonasi orqali murojaat qilish imkoni mavjudligini ham yodga olgan.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025