Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Meksikadagi korridada buqalar tomoshabinlarga hujum qildi
Meksikaning Enkarnason-de-Dia shahridao‘tkazilgan korridada buqalar tomoshabinlar hamda toreadorlarga hujum qildi. Bu haqda Daily Mirror ma'lum qilgan.
Jonivorlardan biri arenaga belgilab qo‘yilgan vaqtdan avval yugurib chiqdi. Boshqasi esa tribunalarga otilib kirib, yig‘ilgan kishilarga hujum qilgan. Instagram’da taqdim etilgan videoda u tomoshabinlardan birini to‘siq uzra otib yuborganini, shundan so‘ng erkakka arenada bo‘lgan buqa hujum qilganini ko‘rish mumkin.
Pikador Sezar Morales eng jiddiy jarohat oldi – buqa uning oyog‘iga shoxi bilan zarar yetkazgan. Shuningdek, yana bir jonivor toreador Adolfo Ramiresning orqasidan hujum qilgan, biroq u faqatgina yengil jarohatlar oldi. Bundan tashqari, korridani suratga tushirayotgan tasvirchi va fotosuratchi ham jabr ko‘rdi. Ulardan biri qovurg‘asini sindirib olgan bo‘lsa, boshqasi oyog‘idan lat yegan.
Guvohlardan birining jurnalistlarga aytishicha, tribunalarda vahima kelib chiqqan. Tomoshabinlardan bir qanchasi jarohatlar olgan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025