Jamiyat | 11:47 / 10.02.2017
35096
3 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonlik shaolinchi qizlarning surati mashhur bo‘lib ketdi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri g‘arbidagi qorli tog‘ cho‘qqisida mahalliy qizlar guruhi ushu bilan shug‘ullanib, kung-funing qadimiy turi bilan o‘tkir tig‘lar yordamida mashq qilishmoqda.

Kamdan-kam qizlarning sport bilan shug‘ullanishiga imkon beriluvchi mamlakatda “Shaolin” ushu klubi bu hududda istiqomat qiluvchi hazarlar uchun istisno tariqasida faoliyat yuritadi.

20 yoshli jangovar san'atlar bo‘yicha murabbiy Sima Azimiyning aytishicha, ushu o‘zini-o‘zi himoya qilishga yordam berib, tana va ruhiyat uchun foydalidir.

U Eronda sport bilan shug‘ullanib, musobaqalarda oltin va bronza medalni qo‘lga kiritgan, so‘ng Kobulda bir yillik tahsil olish kursini tamomlagan. Uning otasi qizini sport bilan shug‘ullanishga ilhomlantirgan.

"Men afg‘onistonlik qizchalar bilan ular yanada kuchliroq bo‘lishi uchun ishlayman. Menga ularning omadga erishayotgani juda yoqadi. Kelajakda qizlarning xalqaro musobaqalarda qatnashib, o‘z mamlakatlariga oltin medallar keltirishlarini rejalashtirganmiz".

Afg‘onistonda turli jangovar san'atlar yo‘nalishlari juda ommabop bo‘lib, biroq bu mamlakatda ayollarga nisbatan ancha qat'iy munosabatda bo‘linadi. Shu sababdan "Shaolin" ushu klubidagi qizlar jamiyat tomonidan turli tushunmovchiliklarga uchrashadi.

"Biz to‘qnash kelayotgan eng katta sinov – bu himoyalanmaganlik hissi, - deydi 18 yoshli qiz Zuhra Timoriy. – Biz aksariyat vaziyatlarda xavfsizlik nuqtai nazaridan mashqlar o‘tkaziluvchi zallarga ham bora olmaymiz".

Uning dugonasi Shakila Murodiyning so‘zlariga ko‘ra, sport Afg‘onistonga tinchlikni qaytarishiga ishonadi. "Atrofimizda bizni kamsitmoqchi bo‘lgan kishilar juda ko‘p, biroq biz bunga e'tibor bermay, yanada kuchliroq bo‘lishga harakat qilmoqdamiz".

Mashqlar ba'zi hollarda Avstraliyaga 1999 yilda ko‘chib ketgan va kaskadyor sifatida ishlay boshlagan jangovar san'atlar bo‘yicha mahalliy chempion Hussayn Saddiqiy suratlari bilan bezatilgan sport zalida o‘tkaziladi.

Klubda shug‘ullanuvchi barcha qizlar turk tilli ko‘chmanchi xalq – hazarlardan bo‘lib, ular so‘nggi yillar radikal kuchlar tomonidan ommaviy hujumlarga uchradi.

Hazarlarda ayollar uchun bir qadar yengilliklar berilgan bo‘lib, shuning uchun ular jangovar san'atlar bilan shug‘ullanadi. Biroq Simaning otasi ularga boshqa xalqlardagi qizlarning qo‘shilishiga ham umid bildirgan. Bundan tashqari, u o‘z qizi xavfsizligidan tashvishda, ammo uning qizlarni shug‘ullantirayotganini ko‘rish – bu eng katta baxt ekan.

 

Mavzuga oid