Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alyaska muzliklari ostida qadimiy piramida topildi
Global isish sayyoramizga katta xavf solmoqda. Biroq bu o‘zgarishning boshqa, ancha ijobiyroq tomoni ham mavjud. Muzliklarning surilishi natijasida tadqiqotchilar ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishdi - bahaybat muzliklar ostida piramida topishdi.
Qayd etish joizki, birinchi piramidalar bir necha hafta avval topilgan. Biroq bu bor-yo‘g‘i qadimiy piramidaning yuqori qismi edi. Navbatdagi tadqiqotlar namunasi shuni ko‘rsatdiki, ular tabiat tomonidan emas, qo‘l mehnati orqali vujudga kelgani ma'lum bo‘ldi. Geologlar va arxeologlar qayd etishicha, toshlar puxtalik bilan yotqizilgan, ularning terilishi Misr ehromlariga juda o‘xshashib ketadi.

Barpo etilish va yo‘naltirish tamoyili ham Misrnikiga o‘xshash. Inshootning aniq yoshini belgilashning imkoni bo‘lmadi, biroq ekspertlar yanada chuqurroq tahlillar o‘tkazish piramida yoshini aniqlashga yordam berishiga ishonishmoqda. Shuningdek, mutaxassislar boshlang‘ich ma'lumotlarga muvofiq, topilgan piramida dunyodagi eng ulkan ehrom bo‘lishini qayd etishmoqda: o‘zining dizayni bilan u Gizada joylashgan piramidaga o‘xshashib ketadi.
Darvoqe, Alyaskaning tub aholisi orasida "muz ichidagi piramida" haqida aytiluvchi afsona mavjud. Unga ko‘ra, ehrom ichiga yovuz ruh Kushtak mahkum qilingan. Balki qadimiy xalq bu bino mavjudligidan boxabar bo‘lgan. Shu sababli u haqidagi hikoyalar bizning davrgacha yetib kelgan.
Mavzuga oid
00:50 / 05.04.2025
The Economist: Alyaskadagi orol aholisi Rossiya bosib olishidan xavotirlanib, rus tilini o‘rganmoqda
17:34 / 02.04.2025
AQSh Alyaskani Rossiyaga qaytarish istiqbollarini muhokama qilmoqda
23:36 / 26.03.2025
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
13:56 / 08.02.2025