Jamiyat | 19:40 / 10.02.2017
19261
2 daqiqa o‘qiladi

Ikkinchi Yer deb e'tirof etilgan sayyora hayot uchun yaroqsiz ekani ma'lum bo‘ldi

Foto:NASA Goddard/Conceptual Image Lab

AQSh koinot agentligi NASA olimlari qizil mitti yulduzlar atrofida aylanuvchi va yashash mumkin bo‘lgan hududda bo‘lgan sayyoralar suv va kisloroddan mahrum ekanligini aniqlashdi. Bu esa Ikkinchi Yer sifatida ma'lum bo‘lgan Proxima b ekzosayyorasining hayot uchun yaroqsizligidan darak beradi. Bu haqda Gizmodo nashri xabar bermoqda

Tadqiqotchilar qizil mittilar tomonidan sayyoralar atmosferasiga chiqariluvchi rentgen va ultrabinafsha nurlarini modellashtirishdi. Aniqlanishicha, suyuq suv bo‘lishi (yashash mumkin bo‘lgan hududda joylashish) uchun ona yulduzidan ancha uzoq joylashgan ekzosayyoralarning atmosferasi yuqori energetik nurlanish bilan "uchirib yuboriladi". Bu sayyoralar katta darajada kislorod yo‘qotadilar, bu esa ularning sirtida suyuq suv bo‘lishi mumkinligini istisno qiladi.

Olimlar Yerga eng yaqin ekzosayyora Proxima b har ikki soatda yulduz energiyasi oqimlari ta'sirini sezishini hisoblab chiqdilar. Bu esa u 10 mln yil ichida kislorodni to‘liq yo‘qotishini anglatadi.

Tadqiqot hayot uchun yaroqli sayyoralarni topish imkonini pasaytiradi, chunki Quyosh tizimiga yaqin bo‘lgan yulduzlarning ko‘pchiligi qizil mittilar hisoblanadi. 

Mavzuga oid