O‘zbekiston | 19:06 / 10.02.2017
15517
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda ipakchilikka ixtisoslashtirilgan korxona loyihasini borib ko‘rdi

O‘zbekiston prezidenti Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Angor tumanida Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etilishi rejalashtirilgan Huashen Silkworm Pro mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatgan.

Joriy yilda foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan yangi korxona ipak qurti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, bu yerda 3 ming 700dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. 

Surxondaryo viloyati O‘zbekistonda ipakchilik sohasida katta tajribaga ega. 2016 yili 3 ming 394 fermer xo‘jaligi tomonidan qariyb 1 ming 553 tonna pilla yetishtirildi. 

Davlat rahbari mazkur loyiha bilan tanishar ekan, Surxon vohasida serhosil ipak qurti parvarishlash uchun tabiiy iqlim va qulay sharoitlar yetarli ekanini ta'kidladi. 

Yangi korxona mamlakatimiz ipakchilik sanoatini sifatli xomashyo bilan ta'minlashga, voha aholisi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Mavzuga oid