Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning sobiq bosh vaziri AQShga Meksikada devor qurishda yordam berish taklifini bildirdi
Ukrainaning "Xalq fronti" partiyasi yetakchisi va mamlakatning sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Kiyev Vashingtonga AQSh-Meksika chegarasida devor qurishda yordam berishi mumkinligini aytdi.
Gap "Devor" yoki "Yevropacha devor" loyihasi haqida ketmoqda. Bu loyiha Ukraina hukumati tomonidan 2014 yilda Ukraina va Rossiya chegarasida xavfsizlik darajasini oshirish uchun ishlab chiqilgan.
"Agar kerak bo‘lsa, biz bu loyihani AQShga bera olamiz – bu ancha arzon va samarali bo‘ladi. Men, darvoqe, hisoblab chiqdim: ularning hisob-kitobiga ko‘ra, 1 km shunday chegara 10 mln dollarga aylanadi. Bu Ukrainaning loyihasiga qaraganda 30-40 marta qimmatroq", deb aytgan Yatsenyuk V Yoshlar xavfsizligi bo‘yicha Kiyev forumida. Bu haqda "Ukrinform" axborot agentligi xabar bermoqda.
Bir yil avval Yatsenyuk "Devor" loyihasining beshdan bir qismi bajarilganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025