Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gitler tug‘ilgan shaharda uning qiyofadoshi qidirilmoqda
Avstriya politsiyasi Adolf Gitler qiyofasida uning ona shahri bo‘lgan Braunau-am-Inn bo‘ylab sayr qilib yurgan erkakni qidirmoqda. Bu haqda "Oberösterreichische Nachrichten" nashri xabar bermoqda.
Gitler zamonidagi kostyum kiygan, diktatorga xos mo‘ylab va soch turmagiga ega yosh erkakni bir necha bor ko‘rishgan. Guvohlarning aytishicha, "soxta" Gitler 25-30 yoshlar atrofida. Shuningdek, u Gitler tug‘ilgan uy fonida suratga tushgan va kitob do‘konida Ikkinchi jahon urushi haqidagi jurnallarni varaqlagan.
Gitler qiyofadoshi tashrif buyuradigan barda u "Xarald Gitler" nomi bilan ma'lum.
Avstriya huquq-tartibot muassasalari bu vaziyatning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqdalar va erkak jazolanishi mumkinligini aytishmoqda.
"Adolf Gitler shaxsini boshqalar ko‘z o‘ngida ulug‘lash – jinoyatdir", deb izoh berilgan bu holatga hududiy prokuraturada.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025