Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy metan elektr stansiyalarini qurishga katta e'tibor bera boshladi
Xitoy hukumati qishloq joylarda metanda ishlovchi elektr stansiyalarini qurish uchun 7,3 milliard AQSh dollarini sarflamoqchi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Xususan, aniqlashtirilishicha, Xitoyni iqtisodiy rivojlantirishning 13-besh yillik (2016-2020 yillar) rejasini bajarish doirasida uch mingga yaqin shunday loyihalarni amalga oshirish ko‘zlangan. Shuningdek metan ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni 4,9 milliard kub metrga oshirish ham rejalashtirilgan. Metan ishlab chiqarishda qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan foydalaniladi. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1,4 milliard tonna biologik chiqindi 73,6 milliard kub metr gazni ishlab chiqarishi va shu tariqa 87,6 million tonna ko‘mirning o‘rnini qoplashi mumkin.
Hukumat metanni ishlatish atmosferaga karbonad angidrid chiqarilishi hajmini 17,62 million tonnaga kamaytirishda yordam berishidan umidvor.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025