Hindistondagi qumdan yasalgan qasr Ginness rekordlar kitobiga kirdi
Hindistonda qumdan dunyodagi eng baland qum qasri qurildi. Uning balandligi 15 metr keladi.
Qum qasri 9 kun davomida barpo etilgan. Uning asosiy g‘oyasi tinchlikdan iborat. Shuning uchun qasrdagi bosh ramz qilib tinchlikni bildiruvchi kabutar olingan. Unda shuningdek Maxatma Gandi, Nelson Mandela va Budda siymolari akst etgan. Qasrning muallifi Hindistonda qum bo‘yicha taniqli rassom, mahalliy universitetlardan birining o‘qituvchisi Sudarsan Pattnayk hisoblanadi. Unga bu ijod mahsulini yaratishda talabalari yordam bergan. Qum qasrini barpo etishga 45 kishining mehnati singgan. Ushbu qum qasri Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Ta'kidlanishicha, avvalgi bunday rekord AQShda qayd qilingan.
Mavzuga oid
15:54 / 25.11.2024
Hindistondagi kasalxonada vafot etgan erkak krematsiyadan oldin o‘ziga keldi
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024