Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada 70 kishi gazdan zaharlandi
Belgiyaning Vavr shahridagi karting-markazda taxminan 70 kishi uglerod oksididan zaharlangan. Bunga ventilyatsiya tizimidagi buzilish sabab bo‘lgan. Le Soir nashri shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20ga yaqin kishi o‘rta va yuqori og‘irlik darajasida zaharlangan. Yana 50 kishi yengil zaharlangan. Jabrlanganlar shaharning turli shifoxonalariga yo‘naltirilgan.
Voqea kartinglardagi poygalar vaqtida ro‘y bergan. Poygaga kelgan tomoshabinlar karting-markaz inshootidagi havo mashinalardan chiqqan gazlar tufayli "nafas olishga yaroqsiz" holga kelganini sezishgan. Voqea sodir bo‘lgan joyga qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlaridan iborat bir necha otryad yetib kelgan.
Mavzuga oid
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
21:13 / 24.03.2025
Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi
18:21 / 24.03.2025