Sport | 00:03 / 12.02.2017
6590
1 daqiqa o‘qiladi
Tog‘ chang‘ichisi jahon chempionatida jarohat oldi
Monakolik tog‘ chang‘ichisi Olive Jyeno Shveytsariyaning Sankt-Moritse shahrida o‘tayotgan jahon chempionatida supergigantdagi ishtiroki vaqtida yiqilishi oqibatida jarohat oldi. Shu sababli sportchi vertolyotda shifoxonaga olib ketilgan.
AFP axborot agentligining xabar berishicha, 28 yoshli sportchining boshi chayqalgan va ko‘kragi lat yegan. Bu voqea 8 fevralda yuz bergan. Ta'kidlanishicha, hozir sportchining ahvoli barqaror.
Internetda sportchining yiqilishi videosi paydo bo‘ldi. Unda ko‘rinishicha, sportchi navbatdagi burilishda muvozanatini yo‘qotib, trassadan uchib chiqib ketib, yerga beli bilan qattiq urilgan holda tushgan.